Özbekiston tomonidan bitimga Boş vazir örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktor Liliya Burunçuk imzo çekdi.

Bitim imzolaş marosimida Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Jamjid Xöjayev hamda bank va tegişli idoralarning boşqa vakillari iştirok etdi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, loyiha uçun Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki 276 mln dollar, Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi esa 224 mln dollar ajratadi.

«2017 yilda Özbekistonda islohotlar boşlanişi bilan Jahon bankining moliyaviy va texnik yordami sezilarli darajada oşdi. Bugungi kunda taşkilotning umumiy qiymati 4,4 mlrd AQŞ dollariga teng 23ta loyihadan iborat Özbekiston böyiça dasturi Turkiyadan keyin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik dasturi hisoblanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etiş joiz, qişloq xöjaligi – Özbekiston YaIMning 28 foizini taşkil etadi. Sohaning umumiy eksportdagi uluşi 10 foizga teng.
Kredit nimalarga işlatiladi?

Vazir Sardor Umrzoqovning sözlariga köra, Jahon banki tomonidan moliyalaştirilayotgan yangi loyiha Özbekiston qişloq xöjaligini bozor va raqobatbardoş tarmoqqa aylantirişga hissa qöşadi, şuningdek, qişloq xöjalik işlab çiqaruvçilarimizga davlat xizmatlari taqdim etilişini sezilarli darajada yaxşilaydi.
Rasmiy xabarda qayd etilişiça, uşbu loyiha tufayli Özbekistonning barça mintaqalaridagi fermerlar va agro korxonalari vakillari uçun zamonaviy texnologiyalar, texnik maslahatlar, işlab çiqariş, agrologistika, fitosanitariyaning turli bosqiçlarida qöllab-quvvatlaş xizmatlaridan, şuningdek, savdo hajmini oşiriş uçun zarur axborot manbalaridan foydalaniş imkoniyati yaratiladi. Natijada, mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligi va eksport salohiyatini ösişi hisobiga ularning içki va xalqaro bozorlarda iştiroki kengayadi.













