Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi raisi lavozimidan ketmoqda. U Facebook’dagi sahifasida bu haqda tegişli post qoldirdi.
«Mana bir yil ham ötdi. Jamoatçilik kengaşi raisi sifatidagi bir yillik faoliyatim yakunlanganini ma’lum qilmoqçiman. Men jamoatçilik kengaşi a’zosi sifatida qolaman. Uşbu davr hayotimdagi muhim jabha hisoblanib, vazifamni qobiliyat hamda imkoniyatlarim darajasida halol va sidqidildan bajarişga harakat qildim. Kengaşimiz faoliyatiga befarq bölmagan, fikr-mulohazalarini bildirgan, faol iştirok etgan, xolisona tanqid qilgan yoki işimizdan qoniqmagan barçaga öz minnatdorçiligimni bildiraman, bularning hammasi şunday yoki aksinça bölgan holatda ham öz ustimizda işlaşga hamda taslim bölmaslikka yordam berdi», – deb yozadi u.
Hikmat Abdurahmonovning fikriça, JK rahbari boşçiligidagi yangi taşkilotga yangi kuç oqimi, yangi fikrlar juda zarur. U esa kelayotgan yillarda ta’lim sohasida öz hamfikrlari bilan yangi loyihaga bel boğlaşga qaror qilgan, bu taşabbus jamiyatga kelajakda öz foydasini keltirişi aytiladi.
«Jamoatçilik kengaşi faoliyati samaradorligini oşirişda jamoatçilik, davlat organlari töğri xulosa çiqarişlari uçun yordam beradigan faoliyatning asosiy jihatlari xususida qisqaça töxtalib ötmoqçiman:
Turli sabablarga köra hamma narsani amalga oşiriş imkoni bölmadi. Şunga qaramay, jamoatçilik kengaşi öz faoliyatini davom ettirişi şart deb hisoblaymiz. Bu fuqarolik jamiyati rivojlanişi uçun, şahar aholisi va hukumat örtasidagi muloqotni mustahkamlaş uçun juda zarur. 15 oy mobaynida taşkiliy masalalarni, institutsional şakllantirilişga ança vaqt va kuç sarflandi, qilinayotgan işlar bilan jamoatçilikni xabardor qilişga, qayta aloqa örnatişga, şahardagi eng muhim hodisalarni tahlil qilişga va şu asosida özimizning tavsiyanomalarni işlab çiqişga harakat qildik. Faol fuqarolar bilan birga nizom va bir qator asosiy hujjatlar (taşkiliy tuzilma, axloq kodeksi, a’zolar, ekspert guruh va boşqalar bilan faoliyat olib borişning axloq kodeksi, reglamenti) işlab çiqdik. Şahar tarixida ilk bora poytaxt hokimiyati qoşida JK körinişida jamoatçilik muloqot maydonini yuzaga keltirdik. Unga taxminan 100 nafar odamning a’zo va ekspert bölişi şaharliklar tomonidan bildirilgan katta qiziqişni bildiradi. Bu davrda hokim va uning örinbosarlari, munitsipal xizmat xodimlari va turli rahbarlar bilan öndan ortiq uçraşuv va muhokamalar ötkazildi. Dolzarb masala va muammolar asosida amalga oşiriladigan işlarning yillik rejasi işlab çiqilib, JKning maqsad va vazifalari belgilandi», – deydi.

















