“Biznes uchun birinchi qadam osonlashtirildi”

Hasan Mamasaidov – Office Market, Deli va Dekos kompaniyalari asoschisi, MFaktor loyihasi muallifi:

— O‘tgan yili tadbirkorlar kuni belgilanganidan keyin, bu yil ham an’anaviy tarzda davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida qatnashdik. Samimiy uchrashuv guvohi bo‘ldik.

Ko‘p masalalar kun tartibiga qo‘yildi. Bular ichida tadbirkorlik faoliyatining kesimlarga bo‘lingani ayniqsa katta narsa bo‘ldi. Chunki mikrobiznes, ya’ni bir milliongacha bo‘lgan aylanmadagi biznes turi yosh tadbirkorlarga, startaperlarga qulay bo‘ladi. Kichik, o‘rta va yuqori bizneslardan ko‘ra katta qulayliklar yaratilgani yosh tadbirkorlarning biznesga kirib kelishini yengillashtiradi.

Endi yengillashtirilgan tartibda yosh tadbirkor bir yilda 20 mln so‘mgacha pul to‘lab, 6 oylik hisobotni qilmasligi mumkin. Oldin yangi kasblarga oid biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar – masalan, ayti biznesiga kirmoqchi bo‘lganlarda qo‘rquv bo‘lardi: soliq bobidagi, yoki buxgalteriyaga oid xatolar ularning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lib qolardi. Haqiqatan, 1 mlrd so‘mgacha aylanmaga ega mikrobiznesni yuritadiganlar uchun biznes yuritish osonlashtiriladi – buxgalteriya hisobi kabi katta qiyinchiliklar talab qilinmaydigan ko‘rinishda olib boriladi. Chunki 1 mlrd so‘m va undan yuqori aylanmasi bo‘lgan holatlarda QQS tizimiga o‘tsa, uchyotda hisob-kitob olib borish qimmat turardi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aholining 70 foizi – yoshlar. Yoshlarning birinchi biznesga kirib kelishini osonlashtirish kelajakda ularning keyingi pog‘onaga chiqishiga stimul bo‘ladi.

QQS 12 foizga o‘tishi ham tadbirkor, ham iste’molchilarga qulaylik yaratadi, biznesning qorong‘ilikdan yorug‘likka o‘tishida o‘ziga xos stimul vazifasini bajaradi.

“Asl islohot – qonun ustuvorligining ta’minlanishi bo‘ladi”

Murod Nazarov – “Murad Building” kompaniyasi asoschisi