Nişon tumanidagi fermerlar Majburiy ijro byurosi tomonidan özlariga bosim bölayotgani haqida xabar berişdi. Fermerlarning aytişiça, heç qanday rasmiylaştiruvsiz ularning qarindoşlari nomida bölgan texnikalar ham olib ketib qolingan.

Kun.uz jurnalisti fermerlar bilan suhbatlaşib, voqea tafsilotlarini örgandi.

“Bobur Abdusattorov” fermer xöjaligi raisi Arab Norqulovga köra, 2022 yilning 19 oktyabr kuni uning uyiga MIB xodimlari borgan. Uyidagi qoramolni olib ketişmoqçi bölişganda, rafiqasining soğliği yomonlaşgan.

“Rafiqam bir haftaça şifoxonada davolanib çiqdi. Men agar qarzdor bölsam, nega ogohlantirişmaydi? Hatto öşa paytda qança qarzim borliginiyam bilmaganman. Avvalgi yillarda umuman bunaqa tartib qöllanmagan. Lekin soliqdan qarz bölib qolmadik-ku, hammasini töladik”, – deydi Arab Norqulov.

Yana bir suhbatdoşimiz – Ötkir Rajabov. Majburiy ijroçilar u bilan ham 19 oktyabr kuni uçraşişgan; akasiga tegişli bölgan avtomobilni xatlov qilmasdan, rasmiylaştirmasdan minib ketişgan.

Fermerning aytişiça, u ğalla va paxta hosilidan şartnoma qilingan klasterga ortiği bilan mahsulot topşirgan. 200 million sömdan ortiq mablaği klasterda. Lekin soliq qarzdorligi sabab, hisobraqamiga band solingan.

“Menda boşqa daromad bölmasa, topşirgan hosilim uçun klaster qaçon pulni taşlab bersa, şunda birinçi navbatda soliq uçun uşlab qolinadi. Nega fermerning holatini körib, bilib turgan davlat idoralari bunaqa yöl tutayotganiga hayronman”, – deydi “Rahmonov Öktam” fermer xöjaligi rahbari Ötkir Rajabov.

“Samandar Nur” fermer xöjaligiga qaraşli qariyb bir milliard sömlik texnika ham olib ketib qolingan. Xöjalik raisi Aşur Boltayev şundoq ham taqiqda turgan, lizingga olingan texnikani ijroçilar qanday qilib olib ketişgani-yu, heç qanday rasmiylaştiruv bölmaganini tuşunmay halak bölmoqda.