Jamiyat | 17:01 / 30.12.2016
20621
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi yil sovg‘asi: O‘zbekistonda yangi sut mahsulotlari brendi - Essi o‘z faoliyatini boshladi

Assalomu alaykum, sizlarni Yangi yil bilan tabriklaymiz!

Mahsulotlarimizni ushbu sehrli bayram arafasida taqdim etayotganimizdan xursandmiz. O‘ylaymizki, sifatli sut mahsulotlarimiz Yangi yil uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Essi brendi haqida

 

Kompaniyamiz 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda Essi brendini ishlab chiqdik.

Bugungi kunda kefir, biokefir, qatiq, tvorog, smetana, qaymoq, ryajyenka, pishloq, ichimli yogurt hamda tabiiy mevali yogurtlar kabi 30 xil mahsulotlarimizni Toshkent shahri va viloyatidagi supermarketlardan xarid qilishingiz mumkin.

Ishlab chiqarish texnologiyasi haqida

 

Sifatli sut mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida Yevropa standartlariga mos keluvchi uskunalarni Italiya va Gretsiyadan xarid qildik.

Sifatni doimiy nazorat qilish uchun ishlab chiqarish jarayonini to‘liq avtomatlashtirdik.

Mahsulotning tabiiyligini saqlangan holda iste'molchilarga yetkazish maqsadida doimiy logistik omborxona xo‘jaliklarini tashkil etdik.

Esda qolarli dizayn haqida

 

Brendimiz yaratilishida uning esda qolarli bo‘lishi va boshqalardan farq qilishi muhim edi.

Shu bois Essi mahsulotlari o‘ziga xos, unikal o‘ram va ranglarda taqdim etildi. Bu esa bizning mahsulotlarimizni boshqalardan tezda farqlashingizda yordam beradi.

Mahsulot haqida

Mahsulotlarimiz probiotik mikroorganizmlarning tirik madaniyatini o‘zida aks ettiradi. Bu esa iste'molchilarning sog‘lig‘iga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, kompaniyamiz mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarini birlashtirdi. Ular Essi uchun o‘zlarining fantaziyasini, ko‘p yillik an'analarga xos zamonaviy texnologiya va o‘z qalblarining bir qismini qo‘shib sifatli hamda mazali sut mahsulotlarini tayyorlashmoqda.

Mahsulotimiz sizning sog‘lom turmush tarzi kechirishingizda yordam berishi va ovqatlanishingizning ajralmas qismiga aylanishiga chin dildan ishonamiz.

  • Veb-saytimiz: essi.uz
  • Manzilimiz: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 10-uy
  • Telefonlar: (+998 71) 263 29 29 / (+998 95) 198 29 29
  • Email: [email protected]

Shuningdek, bizni Facebook hamda Instagram tarmoqlarida ham kuzatishingiz mumkin. Qiziqarli aksiyalarimiz, ma'lumotlar hamda yangiliklardan doimo xabardor qilib turamiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid