Özbekiston prezidenti “Yangi yil bayramini nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunni belgilaş va dam oliş kunini köçiriş töğrisida” qaror qabul qildi.

Bugun, 24 dekabr kuni imzolangan qaror bilan, 2025 yilda 5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun dam oliş kuni 4 yanvar – şanba kunidan 2 yanvar – payşanba kuniga köçirildi. 6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun 2 yanvar – payşanba qöşimça dam oliş kuni etib belgilandi.

Şu tariqa:

  • 28 dekabr, şanba — 6 kun işlovçilar uçun odatiy iş kuni, 5 kun işlovçilar uçun odatiy dam oliş kuni;
  • 29 dekabr, yakşanba — barça uçun odatiy dam oliş kuni;
  • 30 dekabr, duşanba — 6 kun işlovçilar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kun işlovçilar uçun 14 dekabr (şanba) kunidan köçirilgan dam oliş kuni;
  • 31 dekabr, seşanba — barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
  • 1 yanvar, çorşanba — Yangi yil bayrami;
  • 2 yanvar, payşanba — 6 kun işlovçilar uçun qöşimça dam oliş kuni, 5 kun işlovçilar uçun 4 yanvar (şanba) kunidan köçirilgan dam oliş kuni.