Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kapitalbank» tadbirkorlarga kassa apparatlarini bepul taqdim etadi
«Kapitalbank» kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi – endi «Hammasi 0 evaziga» tarifi doirasida Toshkent shahridagi bank yangi mijozlari nafaqat bepul hisob-kitob kassa xizmati, pul o‘tkazmalari va boshqa bank xizmatlarini, balki kassa apparatini ham bank Arca grup’dan bepul olishlari mumkin bo‘ladi.
Foto: Kapitalbank
— O‘z biznesini ochishga qaror qilgan o‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda va biz bu yo‘lda ularning ishonchli yordamchisi bo‘lishga tayyormiz, – deydi «Kapitalbank» kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv direktori Andrey Shennikov. — Mutaxassislarimiz mijozlarga hisob-raqami ochishda yordam beradi, Uzum Business ilovasida qanday qilib onlayn to‘lov va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘llarini aytib beradilar, biznesni yangi boshlagan tadbirkorlarning asosiy savollariga javob beradilar va yordam berish uchun doimo aloqada bo‘ladilar. Biz, tadbirkorlar o‘zlarining e’tiborini biznesni rivojlantirishga qaratishlari uchun barcha zarur bank xizmatlarini taqdim etamiz.
Maxsus taklifdan foydalanish uchun Kapitalbank’da hisob-raqamini ochish kerak bo‘ladi. Taklif 2024 yil 30 iyungacha Toshkent shahrida amal qiladi.
Bunda "Hammasi 0 evaziga" biznes tarifiga quyidagilar kiradi:
- Onlayn kassa apparati;
- Hisob raqami ochish;
- Abonent to‘lovi;
- ATB «Kapitalbank» mijozlariga pul o‘tkazmalari;
- O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklariga pul o‘tkazmalari;
- Jismoniy shaxslarning kartalariga pul o‘tkazmalar;
- Korporativ kartalarga pul o‘tkazmalari;
- Kassadan naqd pul yechish;
- Uzum Business ilovasida onlayn-bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati.
Batafsil ma’lumotni quyidagi raqamlardan olish mumkin:
+998 78 148 11 33 (Kapitalbank)
+998 78 120 2323 (Arca grup)
Bank mijozlari hisob-raqam ochish uchun sayyor menejyer xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bank menejyeri bilan uchrashish uchun arizani business.kapitalbank.uz sayti orqali yoki (+998) 78–148–11–33 telefon raqami orqali yuborish lozim.
Uzum Business ilovasini Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
19:00 / 18.10.2024
Kapitalbank va Uzum «Retail Week Awards 2024» taqdirlash marosimida beshta mukofotga sazovor bo‘ldi
12:00 / 22.04.2024
Kapitalbank tomonidan respublika bo‘yicha 16 ming tupdan ortiq daraxt ekildi
19:00 / 19.12.2023