Kapitalbank xodimlari Özbekistonning sakkizta viloyatida: Toşkent, Farğona, Samarqand, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida turli köçatlar ekdi. Hududlarning iqlimiy xususiyatlari va ekologik ehtiyojlaridan kelib çiqib, tegişli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda köçatlar soni va daraxt turlari belgilandi.

— Biz Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda Özbekistondagi ekologik vaziyatni yaxşilaşga hissa qöşayotganimizdan mamnunmiz. 20 yildan beri mamlakat farovonligi uçun mehnat qilib, uning kelajagiga öz hissamizni qöşmoqdamiz – buning içiga tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, Özbekiston aholisi uçun moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş, havo sifatini yaxşilaş kabilar kiradi. Bankimiz jamoasi bilan birgalikda, Ekologiya vazirligining kömagida biz mamlakat ekologiyasini asrab-avaylaşga hissa qöşayotganimizdan xursandmiz, — deydi Kapitalbank boşqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz bugungi kunda bankning mamlakat iqtisodiyotida tutgan örnini anglaymiz va Özbekiston boyligini asrab-avaylaş va köpaytiriş uçun qölimizdan kelganiça öz hissamizni qöşişga tayyormiz.

2024 yil bahor mavsumi yakuniga qadar Kapitalbank yana 18,5 ming tupga yaqin daraxt köçatlarini ekadi. Loyiha faqat daraxt ekiş bilan çeklanib qolmaydi. Kapitalbank “ Uzum” bilan birgalikda mamlakatimizning barça hududlaridagi 50 dan ortiq aholi punktlarida havo sifatini nazorat qiluvçi datçiklarni örnatişni rejalaştirmoqda. Loyihani amalga oşiriş uçun Uzum Market’ning yetkazib beriş punktlari va bank filiallari binolaridan foydalaniladi.

“Yaşil Makon” umummilliy loyihasi atrof-muhitni muhofaza qiliş va barqaror rivojlaniş böyiça davlat siyosatining bir qismidir. Loyihadan közlangan maqsad mamlakatdagi yaşil maydonlarni köpaytiriş, şahar va qişloqlarni kökalamzorlaştirişdan iborat. 2024 yil oxiriga qadar respublika böylab 1,2 million tupdan ortiq daraxt ekiş rejalaştirilgan.

Reklama