O‘zbekiston | 18:21 / 26.10.2021
7285
1 daqiqa o‘qiladi

DTM kirish imtihonlarida test tuziladigan darsliklar ro‘yxatini e'lon qildi

Darsliklar ro‘yxati bilan Davlat test markazining saytida til va fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

Foto: Kun.uz

2021-2022 o‘quv yilida umumta'lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.

“Umumta'lim fanlari bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan”, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Darsliklar ro‘yxati bilan dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.

2020 yil darsliklar ro‘yxati dekabrda, 2019 yilda esa noyabr oyida e'lon qilingandi.

Mavzuga oid