Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llandi.
Foto: Kun.uz
Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning avgust oyidagi yig‘ilishlarida (9 marta) 51 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 32 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (9 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (8 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish (2 ta) va banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (9 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.
Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, hududlarda muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini kamaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi bajarilmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 14 ta bank va 2 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, Markaziy bank talablari va o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llandi.
Bundan tashqari, ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 1 ta bankka berilgan litsenziya chaqirib olindi.
Mavzuga oid
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
18:43 / 23.12.2025
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatini oshirishga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
20:36 / 19.12.2025