2025 yilning uçinçi çoragi yakunlari böyiça respublikada tadbirkorlik muhitini örganiş natijalariga köra, sörovnomada iştirok etgan tadbirkorlarning 62 foizi biznes uçun şart-şaroitlar ikkinçi çorakka nisbatan yaxşilanganini qayd etgan. Uşbu körsatkiç sönggi ikki yil davomida örtaça 50 foizdan yuqori darajada saqlanib kelmoqda, deyiladi Markaziy bank şarhida.

Respondentlar biznes muhitidagi ijobiy özgarişlarni, avvalo, bank xizmatlari sifati, raqobat muhiti va yöl infratuzilmasi yaxşilangani, litsenziya oliş jarayonlari soddalaşgani hamda ma’muriy aralaşuvlar kamaygani bilan izohlagan. Şu bilan birga, monopollaşuv darajasi, soliq ma’murçiligi, energiya ta’minoti va bojxona tariflari böyiça holat ötgan çorak darajasida saqlanib qolgan.

Işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasi Sirdaryo, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toşkent şahrida sezilarli oşgan bölsa, Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Farğona va Xorazm viloyatlarida pasaygan. Tadbirkorlar tomonidan energiya ta’minotidagi uzilişlar, aylanma mablağlari kamligi, avtomobillar uçun yonilği narxlari qimmatlaşişi, soliq tizimidagi murakkabliklar va ijara xarajatlari yuqoriligi töliq quvvatda faoliyat yuritmaslikning asosiy sabablari sifatida qayd etilgan.

Tadbirkorlar orasida sönggi uç oy davomida qarz majburiyatlari kamayganligini bildirganlar uluşi köpayib, 18 foizni taşkil etgan. Şu bilan birga, qöşimça kreditlarga bölgan talab borasidagi kutilmalarda ham biroz pasayuvçi tendensiyalar saqlanib qolgan.