Markazlashgan issiqlik tarmoqlarining 2500 km qismi yaroqsiz ahvolda ekani aytildi
Markazlashgan issiqlik tarmoqlarining 2500 km qismi yaroqsiz ahvolda, tarmoqdagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda AOKAda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, respublikada jami 38 382ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, shundan 19 490tasi markaziy va mahalliy qozonxonalar, individual isitish qozonlari, avtonom va golland pechlari orqali issiqlik energiyasi bilan ta'minlangan. Qolgan 8 892ta ko‘p kvartirali uylar, boshqa turdagi isitish uskunalari va qo‘lbola issiqlik moslamalaridan foydalanib kelinmoqda.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha vazirlik balansidagi 578ta qozonxonadan 500tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, markazlashgan issiqlik tarmoqlarining 2500 km bo‘lgan qismi yaroqsiz ahvolda bo‘lib, tarmoqdagi yo‘qotishlar o‘rtacha 35-40 foizni tashkil etmoqda.
Ta'kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, ijtimoiy soha obektlarini va ko‘p kvartirali turar joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan hukumatga tasdiqlash uchun kiritildi.
Loyihaga ko‘ra, issiqlik va ichimlik suv ta'minoti obektlari bo‘yicha:
28ta markaziy va mahalliy qozonxonalarni mukammal va 66ta qozonxonalarni joriy ta'mirlash;
930ta turli markadagi qozonlarni mukammal va joriy ta'mirlash;
746,9 km issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy ta'mirlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:12 / 23.08.2024
Tejamkor uy endi orzu emas: Energiya uchun to‘lovni ikki barobar kamaytiring
20:16 / 19.08.2024
Issiqlik nasoslari – yozda ham, qishda ham kamxarajat, xavfsiz va samarali yechim
13:39 / 08.08.2024
Olimlar: 2024 yil yana rekord darajada issiq bo‘lishi mumkin
21:23 / 26.04.2024