Xonadoningizda yonib turgan çiroq, işlayotgan konditsioner, televizor, kir yuviş maşinasi va boşqa bir qator texnikalarning sarflayotgan energiyasi uçun doimiy tarzda pul tölamay, ularni bepul işlatiş imkoni bor. BMTTDning “Özbekistonda energiya tejamkor qişloq uy-joylari qurilişini rivojlantirişga kömaklaşiş” loyihasi energotejamkor xonadonlarni barpo etiş orqali bunga erişiş mumkinligini ma’lum qildi.
Kundalik hayotda har bir xonadonda yozda uylarni isitiş, qişda esa sovitiş va boşqa maişiy ehtiyojlar uçun katta miqdorda elektr energiyasi talab etiladi. Bu, öz navbatida, şu kabi ehtiyojlar uçun sarflangan energiya tölovlariga köp mablağ ketişini anglatadi.
Yuqori daromadli oilalarda elektr energiyasi xarajatlarning örni deyarli sezilmasligi mumkin, biroq narxlar va foydalanişga çeklovlar oşayotgan bir pallada örta daromadli xonadon egalari uçun elektr toki tölovlari turli qiyinçiliklarni yuzaga keltirişi turgan gap. Ayni şunday vaziyatda energiya tejamkor uylar örta daromadli oilalar muşkulini oson qilişda samarali yeçim böladi!
Energiya tejamkor xonadonlar energiya sarfini 2 baravar kamaytiradi
Energiya tejamkor uy bu – innovatsion dizaynga ega, quyoş panellari, issiqlik nasoslari kabi qurilmalar örnatilgan, devorlari izolyatsiyalangan turar joy binosidir. Bu turdagi uylarning öziga xosligi şundaki, ular oz miqdorda energiya sarflaydi, tok bilan özini-özi qoplaydi, issiq suv tizimi bilan ta’minlangan böladi va içkaridagi issiqlikni taşqariga çiqarib yubormaydi.
“Uyimizda qança issiqlik işlatamiz va izolyatsiya bilan qança energiyani tejaşimiz mumkin, degan savol vujudga kelişi mumkin. Bizda quvvatga qarab Vatt, jahon standartlarida esa kilovatt soat, ya’ni energiyaga qarab belgilanadi. Aholimiz taxminan 23-28% energiyani iste’mol qilsa, 13-18% energiyani jamoat binolari iste’mol qiladi. Ya’ni 40% energiyani öz içiga oladi. Binolar bir yilda 200-400 orasida energiya iste’mol qiladi.
Agar issiqlik izolyatsiyasi bilan ta’minlansa, uylar töğri qurilsa (qaysi tarafga qarab qurilişi, oynalar ölçami, quyoş tuşişi) bu körsatkiçni ikki barobarga kamaytirsa böladi. Uylarda yiliga 150 kVt sarflansa, töğri izolyatsiya qilinganda buni 70-60 kVt/soatgaça tuşiriş mumkin. Hozirgi energoresurslarning oşiş tendensiyasida bu 2-3 yilgaça özini oqlaydi.
Ilgari izolyatsiya materiallari ança qimmat edi, hozirgi paytda işlab çiqariş korxonalari köpaygan va narxlar arzonlaşgan”, deydi mutaxassis Sarvar Qurbonov.
Izolyatsiya – sun’iy isitiş va sovitişga ehtiyojni kamaytiriş
Xonadonlarning energiya tejamkorligiga erişiş uçun, birinçi navbatda, ularni izolyatsiya qiliş talab etiladi. Uyingizni töğri izolyatsiya qiliş uning energiya samaradorligini oşirişning eng qulay usullaridan biridir. Xonadoningiz yaxşi izolyatsiyalangan bölsa, u yozda salqinroq, qişda esa issiqroq bölib, sun’iy isitiş va sovitiş yeçimlariga bölgan ehtiyojni kamaytiradi. Uyingizning dizayniga qarab, siz şiftni, devorlarni va hatto, pol tagini izolyatsiya qilişingiz mumkin. Eski yoki yangi bölişidan qat’i nazar, ham qanday uni bemalol izolyatsiya qiliş mumkin. Uyni izolyatsiya qiliş şovqin va namlikni kamaytirişga ham yordam beradi.
Xonadonda issiqlik izolyatsiyasini örnatiş uçun mineral jun, polistirol, poliuretan kabi materiallardan foydalaniladi. Ular uyning devorlari, tomlari va polida issiqlikni saqlab qoliş uçun qöllanadi.
Tomlarni izolyatsiya qiliş uy içidagi issiqlikning yöqotilişini bartaraf etadi, Tomlar uçun köpinça mineral jun, ekspandirovanniy polistirol (EPS), yoki poliuretan köpigi işlatiladi.
Devorlarni izolyatsiyalaşda esa devor içiga yoki taşqi yuzasiga izolyatsion materiallar joylaştirilişi mumkin. Xonadonni izolyatsiya qilişda malakali mutaxassislar bilan maslahatlaşiş va sifatli materiallardan foydalaniş muhimdir. Izolyatsiyani töğri amalga oşiriş xonadonning qulayligini orttiradi, atrof-muhitga bölgan zararli ta’sirini minimallaştiradi, energiya xarajatlarini ham kamaytiradi.
Derazalar orqali energiya tejaş mumkin
Xonadonlarning energiya tejamkorligini oşirişda derazalar va pardalar muhim ahamiyatga ega. Derazalar issiqlikning uyimizdan çiqib ketişidagi asosiy vositalardan biridir, şu sabab qişda xonadonni isitiş uçun işlatiladigan energiyaning bir qismi behuda sarflanadi. Aytiş joizki, katta derazalar yozda uyingizning isib ketişiga sabab böladi. Ular orqali xona içida hosil böladigan ortiqça issiqlikni derazalar ustiga tomçalar örnatiş orqali kamaytiriş mumkin.
Agar derazalar kiçikroq bölsa, yozda uyga quyoş nuri köp tuşmaydi va uy juda qizib ketmaydi. Bu konditsionerga bölgan ehtiyojni kamaytiradi va energiya sarfini qisqartiradi.
Uyning energiya tejamkor bölişi uçun derazalarning aksariyati janubga qarab örnatilişi lozim. Sababi yoruğlik energiyasining taxminan 90% şişa derazalar orqali kirib, xonani isitadi. Bu esa qişning qahratonida biroz bölsa-da, havoni mö’tadillaştirişga kömaklaşadi.
Pardalar – isitiş tizimi yoki konditsionerga ehtiyoj sezmasdan uyingizdagi haroratni mö’tadil saqlaşning noyob usuli sanaladi. Kunning eng issiq soatlarida pardalarni yoyiş yoki jalyuzilarni pastga tuşiriş quyoş nurining xona içiga kirişini qaytaradi. Bu yoz oylarida uyingizni salqin saqlaşga yordam beradi. Qişda esa parda va jalyuzilar derazalaringizdan taşqariga issiqlik çiqib ketişining oldini oladi va xonadon içida harorat iliq bölib turişini ta’minlaydi.
Energiya tejamkor uylarning qöşimça afzalliklari şundaki, bu turdagi xonadonlarda namlikni nazorat qiliş, ventilyatsiya, şovqindan himoya qiliş tizimi ham yaxşi rivojlangan böladi.
Quyoş energiyasi bilan tejaş
Xonadonda energiya sarfini kamaytirişning eng muhim usullaridan yana biri bu - quyoş energiyasidan foydalanişdir. Bunda quyoş panellari, quyoş suv isitgiçlarini örnatiş tavsiya etiladi. Quyoş panellari quyoşdan tuşayotgan yoruğlikni issiqlikka aylantiriş orqali xonadonni tok bilan ta’minlasa, quyoş suv isitgiçlari uyni tabiiy ravişda issiq suv bilan ta’minlab beradi va jarayonda elektr energiyasi sarfi sezilarli darajada kamayadi.
Şuningdek, xonadonning energiya tejamkorligini oşirişda muhim sanaladigan yana ikki layfxakni eslatib ötamiz:
Birinçi layfxak - uyingizning içki devorlarni oçiq ranglarda böyaş xonalarning yoruğ bölişini ta’minlaydi. Bu kun davomida elektr çiroqlarini yoqiş zarurati va energiya sarfini kamaytiradi.
Ikkinçi layfxak esa rozetkalar bilan boğliq, maişiy texnika va qurilmalarni işlatmayotganimizda rozetkaga ulangan holda qoldiriş orqali biz har yili juda köp energiya sarflaymiz. Şubhasiz, muzlatgiç kabi ba’zi jihozlar doimo elektr tarmoğiga ulangan bölişi kerak, lekin televizor va mikrotölqinli peçlarni rozetkalarga muntazam tarzda ulab qöyiş talab etilmaydi. Qurilmadan foydalanmayotganingizda uni elektr tarmoğidan uzib qöyiş zarur.
Subsidiyalar foydali imkoniyatlar taqdim etadi
Xonadonlarni energiya tejamkor şaklda rekonstruksiya qiliş yoki quriş uçun Birlaşgan Millatlar taşkiloti Taraqqiyot dasturi doirasida subsidiyalar taqdim etiladi.
Bunda:
- Quyoş panellari va akkumulyatorlar uçun erkaklarga 30%, ayollarga 32,5 %;
- Quyoş suv isitgiçlari uçun erkaklarga 25%, ayollarga 27,5 %;
- Issiqlik nasoslari uçun erkaklarga 25%, ayollarga 27,5 % ;
- Ikki qavatli oyna romlari uçun erkaklarga 15%, ayollarga 17,5 %;
- Uç qavatli oyna romlari uçun erkaklarga 25%, ayollarga 27,5 %;
- Taşqi devorlar issiqlik izolyatsiya qoplami uçun erkaklarga 35%, ayollarga 37,5 % miqdorida subsidiya beriladi.
Subsidiya mablağlarini qölga kiritiş haqidagi töliq ma’lumotlarni quyidagi manzil orqali olişingiz mumkin:
Hozirda global issiqxona gazlarining 40 foizi binolardan çiqmoqda. Bu, albatta, kiçik körsatkiçlar emas. Energiya tejamkor xonadonlar energiya iste’molini kamaytiriş orqali atmosferaga çiqadigan uglerod gazlari miqdorini qisqartiradi, bu esa iqlim özgarişiga qarşi kuraşda muhim omil hisoblanadi.
Bundan taşqari, energiya tejamkor xonadonlar nafaqat iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali, balki ular yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga ham sezilarli hissa qöşadi. Bu turdagi uylar zamonaviy yaşaş standartlariga javob beradi va energiya resurslari böyiça yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalarni bartaraf etiş imkonini yaratadi.









