O‘zbekiston | 23:35 / 05.07.2021
57377
1 daqiqa o‘qiladi

1 avgustdan boshlab, to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilandi

O‘zbekistonda 1 avgustdan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda o‘tkazish tartibi kiritiladi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, to‘ylarda mehmonlar sonini cheklash tartibi 26 kundan so‘ng, ya'ni 1 avgustdan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyidan to‘ylarga 100 kishilik cheklov kiritilgan, ammo amalda bu cheklovga rioya etilishi nazoratsiz qolgandi.

“To‘yga 100 kishidan ko‘p odam aytgan rahbarlar kerak bo‘lsa ishdan olinadi”, degandi o‘shanda bosh vazir Abdulla Aripov.

Shuningdek, 6 iyuldan boshlab, barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga oid