Respublika maxsus komissiyasi tomonidan oçiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bölişidan qat'i nazar, Özbekistonda barça turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, şuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtinça töxtatilişi belgilandi.

Sport turlari böyiça musobaqalarni muxlislarsiz ötkazişga ruxsat berildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Bu çeklov mamlakatda koronavirus bilan boğliq epidemiologik vaziyat yomonlaşayotgani fonida kiritilmoqda.

Eslatib ötamiz, konsert-tomoşa dasturlarining yopiq madaniyat saroylarida ötkazilişi şu yil 1 maydan vaqtinça töxtatilgan edi.

Maxsus komissiyaning bir neça kun oldingi karantinga doir qarori amalga oşmagan edi. Epidemiologik siyosatni belgilayotgan bu organ 28 iyundan Toşkentga öta zarurat bölmagan hollarda avtotransportda kirişni taqiqlagan, ovqatlaniş joylari va köngiloçar obektlar 8:00dan 20:00gaça işlaşi rejimini kiritgan edi.

Undan avval esa, 23 iyundagi qarorga köra, avtobus haydovçilari va metro kuzatuvçilari niqobsiz şaxslarni transport vositalari saloniga çiqarmasligi kerak edi.

Sönggi paytlarda, karantin bölişiga va kasallaniş holatlari ortib borayotganiga qaramay, minglab odamlar iştirokida ommaviy tadbirlar respublika miqyosida takror-takror ötkazilayotgani jamoatçilik tanqidlariga sabab bölayotgandi.