O‘zbekiston | 11:29 / 16.10.2021
18589
2 daqiqa o‘qiladi

«5 yil bo‘ldi, «maska-shou»larni to‘xtatdim» – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida tadbirkorlikka ajratilgan pullar talon-toroj bo‘lgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Men hududlarni rivojlantirishga katta pullar ajratdim, lekin ko‘pchilik joylarda bu pullarni “hazm” qila olishmadi. Tadbirkorlikka ajratilgan pullar talon-toroj bo‘ldi. Chunki joylarda bunga tayyor bo‘lishmagan. Mayli, bu ham o‘tishimiz kerak bo‘lgan jarayon. Javobgarlikka torttirmadim, lekin har bir pulni joyiga qo‘ydirdim.

Hozir asta-sekin pullarni to‘g‘ri sarflashni o‘rganyapmiz, tadbirkorlarimiz ham ishonib, katta-katta loyihalarni amalga oshirishyapti. Chunki 5 yil bo‘ldi, “maska-shou”larni to‘xtatdim, tadbirkorlar qo‘rquvsiz, erkin ishlashyapti. 

Mana, Namangandagi tadbirkor 80 mln dollar aylanma mablag‘i borligini aytyapti. Toshkent viloyatida imkoniyatlar bundan ham ko‘p. Men bu viloyat har jihatdan birinchi bo‘lishiga ishonaman”, – dedi prezidentlikka nomzod.

Mavzuga oid