“Tadbirkorlar hatto konstitutsiyamizni o‘zgartirishni so‘rashyapti. Ular o‘z huquqlari ta'minlanishini, oldingi “maska-shou”lar qaytarilmasligi konstitutsiya bilan kafolatlanishini istashyapti.
Kecha Namanganda bir tadbirkor 80 million dollar aylanma mablag‘i borligini aytdi. Ancha-muncha banklarda ham bunday mablag‘ yo‘q. Bunday tadbirkorlar Andijonda yo‘qmi? Bor! Bo‘lsin bunday boylar, bemalol ishlasin.
Bir narsani unutmanglar – xalq boy bo‘lmasa, davlat boy bo‘lmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev Andijondagi uchrashuvda.
Tadbirkorlar «maska-shou»lar qaytarilmasligi konstitutsiya bilan kafolatlanishini istashyapti – Shavkat Mirziyoyev
16:50 / 29.09.202113 1041 min
Andijonda saylovchilar bilan uchrashayotgan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar konstitutsiyani o‘zgartirishni so‘rashayotgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.















