Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘qoq ko‘k somsa - an’anaviy ta’mni “Cook somsa”da his qiling
Foto: Cook somsa
Bugun o‘zbek milliy taomlari orasida somsaning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, tandirda pishgan, tabiiy o‘tinlar isi singgan ko‘k somsaning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Shunday nozik ta’mni izlayotganlar uchun salkam bir yil avval ish boshlagan “Cook Somsa” brendi qisqa fursatda ko‘plab mijozlarning mehrini qozonishga ulgurmoqda.

Tandirda — mevali daraxtlar o‘tinida pishgan tabiiy ta’m va pista yog‘i o‘rniga qimmatbaho saryog‘
“Cook Somsa”ning asosiy o‘ziga xosligi — mahsulotlarining faqat tandirda pishirilishidir. Mohir tandirchi somsa tayyorlashda mevali daraxtlarning qurigan o‘tinlaridan foydalanadi. Bundan tashqari tandirdan chiqqan issiqqina somsa ustiga xushbo‘y saryog‘ surtib berilishi taomga o‘ziga xos hid va tabiiy lazzat beradi.

Somsa tarkibida ishlatiladigan ko‘katlar, piyoz, yog‘, xamir — barchasi tabiiy mahsulotlar bo‘lib, iste’molchi sog‘lig‘i va xohishi birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Faqat 10 000 so‘m — qulay narx, yuqori sifat
Narx-navo bugungi bozor sharoitida ko‘pchilik uchun muhim omil. “Cook Somsa” aynan shuni inobatga olib, sifatdan chekinmagan holda, mijozlariga somsaning bir donasini 10 000 so‘mdan taqdim etmoqda.

Issiq va shinam joyimizda bemalol o‘tiring, mazadan bahra oling

Ko‘pchilik tandir somsaning aynan issig‘ida yanada mazali bo‘lishini yaxshi biladi. “Cook Somsa”da aynan shuning uchun mijozlar uchun alohida, qulay va shinam o‘tirib iste’mol qilish joyi tashkil qilingan.

Issiqqina somsani o‘tirib, bemalol oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan tanovul qilishingiz mumkin.
Yetkazib berish xizmati haqida
Shoshilinch ishlar, ofisda bandlik yoki uyda qolishni istagan mijozlar uchun “Cook Somsa” qulay yechim — yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan. Buyurtma qoldiring, tandirdan chiqqan issiq somsa eshigingizgacha yetib boradi.

Mazasi tilni yoradigan, xushbo‘y, tandir hidi singgan somsa istasangiz, manzil aniq: “Cook Somsa” — ta’mning haqiqiy manzili.
Buyurtma uchun: (77) 115-77-44
Manzil: Chilonzor ko‘chasi 83-uy ro‘parasi
Mo‘ljal: Qozirobod mahallasi, Qozirobod masjidi
Telegram: @cooksomsa
Instagram: @cooksomsa
Reklama huquqi asosida