Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 may kungi yiğilişda ğallani davlat tomonidan sotib oliş va sotişda bozor narxlariga ötilişini ma’lum qilib, bu uzoq kutilgan islohot ekani hamda qişloq xöjaligidagi qator muammolarga yeçim bölişini ta’kidladi.

“Barça hokimlar bir narsani aniq tuşunib olişi zarur. Nima uçun biz fermerni birjaga olib çiqyapmiz? Fermer birjaga çiqib, özi ğallasini mustaqil sotsa, uning daromadi oşadi, öz mehnati natijasidan rozi böladi.

Kelgusida davlat zaxirasiga xarid qilinadigan ğalla ham faqat birjadan sotib olinadi”, dedi prezident yiğilişda.

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda buğdoy yetiştiruvçi fermer va klasterlarni birjadan röyxatdan ötkaziş hamda brokerlarni biriktirib, öqitişni taşkil qiliş topşirildi.

Bunda fermerlar 2022 yil buğdoy hosili uçun birja tölovlaridan ozod qilinadi.

Joriy yil jami ğalla hosili uçun 7,6 trillion söm ajratiladi. Yangi tizimni tölaqonli, adolatli va oçiq-oşkora işlab ketişi, har bir söm fermer va klasterga öz vaqtida, töliq yetib borişi, narx-navoning ösişi va taqçillikning oldini oliş böyiça “kunbay” nazorat tizimi joriy qilinadi.

Buning uçun boş prokuror boşçiligida respublika ştabi taşkil etiladi. Hududiy ştablarga viloyat hokimlari va prokurorlari rahbarlik qiladi.

Yiğilişda ğalla qabul qiliş punktlari sonini kamaytiriş va keyingi yildan boşlab ularni xususiylaştiriş çora-tadbirlari ham belgilandi.

“Hokimlar bir narsani aniq tuşunib olişlari zarur. Buğdoyning haqiqiy egasi bu – fermer va klasterlar.

Şuning uçun, bundan buyon tumanda reja bajarilmayapti, çorva, parranda yoki baliqçilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar ğallasini olib qöyiş qat’iyan taqiqlanadi.

Bundan taşqari, birja orqali sotilgan buğdoyga hududlararo çeklov qöyilmaydi. Marhamat, qaysi hududdagi korxona birjada yutib olsa, heç qanday tösiqlarsiz ğallani olib ketişi mumkin”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Boş prokuror, viloyat, tuman va şahar prokurorlari bu masalani şaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy çoralar körib borişi kerakligi körsatib ötildi.