Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi
Foto: Pixabay
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchi to‘g‘risida ma'lumot yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan umumiy yer maydoni bo‘yicha gektarda ko‘rsatiladigan ma'lumotlar bilan to‘ldirildi.
Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i hisob-kitobiga 1-ilova qurilishi tugallanmagan obektlar bilan band bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar aks ettiriladigan uchta ustun bilan to‘ldirildi. Bunday obektlar bo‘yicha yer solig‘i uch baravar stavkada to‘lanadi (Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismi).
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning II choragidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan yuridik shaxslar ham yer solig‘ini to‘laydigan bo‘ldilar. Ular Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi o‘rniga tashkil etilgan, 2.04.2018 yildagi PF-5392-son Farmonning 2-bandi) tomonidan aniqlangan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘ini Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismida belgilangan tartibda to‘laydilar.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.12.2025
SIPRI hisoboti: Ukrainadagi urush fonida qurol savdosi tarixiy maksimumga chiqdi
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
10:03 / 13.11.2025