2024 yil yakunlariga köra, dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasining qurol-yaroğ va harbiy xizmatlar sotişdan olgan daromadi 5,9 foizga oşib, rekord darajadagi 679 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Stokholm tinçlik muammolarini örganiş xalqaro instituti (SIPRI)’ning duşanba, 1 dekabrda e’lon qilingan yangi hisobotida aytiladi.

Umuman olganda, 2015 yildan buyon SIPRI reytingidagi kompaniyalar harbiy daromadi 26 foizga ösgan. Tadqiqot mualliflari bu ösişni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Isroilning Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQŞda terroristik taşkilot deb e’tirof etilgan HAMAS harakatiga qarşi uruşi bilan izohlamoqda.

Global ösişga asosiy hissani Yevropa va AQŞ kompaniyalari qöşgan bölsa-da, tendensiya barça mintaqalarda qayd etilgan. Sanksiyalarga qaramasdan, reytingdan örin olgan Rossiya kompaniyalari daromadi esa umuman olib qaraganda ikki hissali ösiş sur’atlarini körsatgan. «Ötgan yili qurol savdosidan dunyo böylab tuşgan daromad SIPRI statistikasi tarixi uçun eng yuqori darajaga yetdi: işlab çiqaruvçilar yuqori talabdan foydalandi», — deya qayd etadi harbiy xarajatlar va qurol işlab çiqariş dasturi ilmiy xodimi Lorenso Skaratssato.

Rossiya qurol işlab çiqaruvçilari orasidan sönggi uç yilda ma’lumotlar yetişmasligi tufayli SIPRI reytingiga faqat ikki kompaniya kirdi: davlat korporatsiyasi «Rostex» yettinçi örinni, Birlaşgan kema-quriliş korporatsiyasi esa 41-örinni egallagan. Bunda SIPRI tahlilçilari «Rostex» tarkibiga avval alohida hisoblangan yettita korxonani ham kiritmoqda: «Vysokotoçnyye kompleksy», «Konsern Radioelektronnyye texnologii», «Rosel», «Vertolety Rossii», «Ob’yedinennaya aviastroitelnaya korporatsiya», «Ob’yedinennaya dvigatelestroitelnaya korporatsiya» va «Uralvagonzavod».

SIPRI yozişiça, 2024 yilda «Rostex» va Birlaşgan kema-quriliş korporatsiyasi eksportdagi yöqotişlarni töliq içki talab hisobiga qoplay olgan. Ularning jami harbiy daromadi 23 foizga oşib, 31,2 mlrd dollarga yetgan: «Rostex»niki 26 foizga ösib 27,1 mlrd dollarni, Birlaşgan kema-quriliş korporatsiyasiniki esa 6,5 foizga ösib 4,1 mlrd dollarni taşkil etgan.

2022 yilda Ukrainaga hujum boşlanganidan beri Rossiyada qurol işlab çiqariş yuqori darajada saqlanib qolmoqda, ayniqsa öq-dorilar, zirhli texnika, artilleriya tizimlari, raketalar va uçuvçisiz uçiş apparatlari segmentlarida, deya ta’kidlaydi tahlilçilar. Masalan, 152 mm artilleriya snaryadlari işlab çiqariş hajmi 2022 yildagi 250 ming donadan 2024 yilda 1,3 mln donagaça tört barobardan köproq oşgan. «Iskander» raketalarini işlab çiqariş esa 2023 yildagi 250 dan 2024 yilda 700 donagaça köpaygan.