07:25 / 16.05.2024
4397

Poytaxt markazidagi ko‘chalardan birida transport qatnovi bir tomonlama cheklanadi 

Shota Rustaveli - Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, 15 may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari tugatilgunga qadar transport vositalari qatnovi qisman bir tomonlama vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.

Top