2024 yil 29 iyun kuni tongda Toşkent şahri havo ifloslanişi böyiça xalqaro miqyosda 4-öringa çiqdi. Öşanda poytaxtda havo tarkibidagi zaharli zarraçalar 160 mkg/m3’ni taşkil etgan.
Zaharli zarraçalarning asosiy qismi PM2.5 – 68mkg/m3’ni körsatgan. Bu JSST belgilagan me’yordan qariyb 14 martaga köp. Ana şunday oğir vaziyatda poytaxtdan unça uzoq bölmagan Quyi Çirçiq tumanida 22 gektar yer maydonidagi somon qoldiqlari yoqib yuborilgan.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi hamda uning Quyi Çirçiq tumani bölimi inspektorlari bilan birgalikda nazorat tadbiri ötkazilgan.
Tadbir mobaynida tumanning “Mingçinor” MFY hududida “Tct Agro Cluster” MÇJga qaraşli ğalladan böşagan 22 gektar yer maydonidagi somon poya qoldiqlari yonib ketişi holati aniqlangan. Oqibatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 30 mln 397 ming sömni taşkil qilgan.

Qayd etilişiça, hozirda töplangan hujjatlar tegişli tartibda qonuniy qaror çiqariş maqsadida sud organiga yuborilmoqda.
“Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi ogohlantiradi: Ğalladan böşagan yer maydonlarida somon poya qoldiqlarini yoqib tabiatga zarar yetkazmang, aks holda qonunda belgilangan tartibda çora körilişini unutmang”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Kun.uz’da dunyoning havosi eng ifloslangan mamlakati Hindiston haqida material berilgandi. Unda, Hindistonda havoning keskin ifloslanişiga asosan juda katta hududlarda buğdoydan va şolidan böşagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqib yuboriş sabab bölayotgani aytilgandi.
Buğdoydan böşagan yer maydonlarida somon qoldiqlarini yoqib yuboriş holatlari Özbekistonda ham köp uçraydi. Ayrim hollarda somon poyalarini yerga egalik qiladigan fermer yoki klasterlarning özlari, boşqa holatlarda noma’lum kimsalar yoqib yuboradi.
Uzoq yillardan buyon bu holga batamom çek qöyiş uçun heç qanday amaliy iş qilinmadi. Faqat, ayrim hollarda somon qoldiqlari yoqib yuborilgan yer maydonining egasi bölgan fermerga yoki klasterga tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanadi xolos.












