O‘zbekiston | 14:47 / 27.05.2024
11310
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyundan metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi

2024 yil 1 iyundan 1 avgustgacha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilandi.

Foto: Kun.uz

2024 yil 25 may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023 yil 15 sentabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni ham Vazirlar Mahkamasi yengil avtomobillar uchun metanning eng baland chakana narxini 2 oyga uzaytirgan edi. Bir kub metr uchun maksimal narx esa 3250 so‘mdan 3350 so‘mgacha oshirilgandi.

Mavzuga oid