Toşkent tumanida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 30 oktyabr kuni soat 8:00 dan tuman hududidagi 42 948 ta aholi xonadoni, 610 ta ulgurji taşkilot, 41 ta ijtimoiy soha obektida gaz ta’minoti vaqtinçalik töxtatiladi. Bunga sabab sifatida gaz tarmoqlarida yozgi diafragmalarni qişki diafragmalarga almaştiriş işlari olib borilişi körsatilgan.
Xabarda tabiiy gaz ta’minoti “işlar yakunlangunga qadar” töxtatilişi aytilgan. Biroq iş qaçon yakuniga yetib, gaz ta’minoti tiklanişiga aniqlik kiritilmagan.
Iqtisodçi Otabek Bakirov “Toşkenttumangaz” gaz ta’minoti bölimining bu işi “soğlom aqlga siğmasligi”ni aytdi.
“Qaysi soğlom aql harorat nolga yaqinlaşgan ayozli kunlarda qişga tayyorgarlik köriş bahonasi bilan butun boşli tumanda gazni öçiradi?
Xöp, yozgi diafragmani qişkisiga almaştirmoqçi ekansizlar, şu paytgaça, masalan, ötgan hafta, harorat +20 darajadan yuqori kunlarda nima qildinglar? Nega aynan kuzning eng sovuq kunini tanladinglar?
Xöp, mayli, ulgurmadi, deb yaxşi gumon qilsak, şu işni harorat +20 darajadan yuqoriga kötariladigan şanba yo yakşanbaga qoldirsa bölmasmidi?” deya yozdi iqtisodçi öz sahifasida.
Bundan taşqari, 30 oktyabr kuni tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ham uzilişlar kuzatilişi ma’lum qilindi.
Toşkent tumani elektr ta’minoti korxonasining bildirişiça, tumanning Diydor, Köksaroy, Qorabörik, Zaxariq, Böğizilol, Zarbdor, E’zoz, Köhinur, Yangi hayot, Örikzor, Oltintepa va Oqtoş (qisman) mahallalarida, uşbu hududlardagi korxona va taşkilotlarda soat 8:00 dan 18:00 gaça elektr ta’minotida uzilişlar böladi. Bunga sabab sifatida Boğor podstansiyasidan çiquvçi transformatorda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş hamda ta’mirlaş işlari olib borilişi körsatilgan.
Otabek Bakirov “svet” bölmasa suv ham bölmasligiga e’tibor qaratdi.








