Sport | 14:41 / 09.05.2017
4441
1 daqiqa o‘qiladi

Dik Advokaat uchinchi marta Niderlandiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Niderlandiyalik mutaxassis Dik Advokaat Niderlandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi ma'lum qilgan.

69 yoshli mutaxassisga Ruud Gullit yordamchilik qiladi.

Advokat va Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi o‘rtasida JCh-2018 saralashi oxiriga qadar hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv tuzilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu murabbiy bungacha ham ikki marta Niderlandiya terma jamoasini boshqargan (1992-1994, 2002-2004). Bundan tashqari u terma jamoada 1984-87, 1991-92 hamda 2016 yilda bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.

Uning rahbarligida terma jamoa 55ta o‘yin o‘tkazgan, 31 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 13ta durang va 11ta mag‘lubiyat qayd etilgan, to‘plar nisbati - 117-38. 

Ushbu mutaxassis hozirda «Fenerbahche» jamoasi murabbiyi sanaladi, uning turklar jamoasi bilan shartnomasi joriy mavsum so‘ngiga qadar tuzilgan.

Mavzuga oid