Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin o‘z vaqtida «Zenit» murabbiyini olib qolish uchun 1,5 mln yevro tovon pulini to‘lab bergan
«Zenit» va Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Dik Advokaat mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida eslab o‘tdi.
«Bir safar Vladimir Putin bilan uchrashganman. Odatda siyosiy yetakchilar o‘tiradigan joyda o‘tirib, u bilan suhbatlashganman.
Putin – «Zenit»ning ashaddiy ishqibozlaridan biri, u men haqimda hamma narsani bilardi. Putin men bilan gaplashishni istagan ekan. Meni Rossiya Superkubogi (2008 yil) finali oldidan taklif qilishdi. Rad etish umuman to‘g‘ri kelmasdi. Umuman hech kim Putinga yo‘q deya olmasdi ham.
O‘shanda menda Avstraliya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha kelishuv bor edi, ammo u meni qo‘yib yuborishni istamagan va kerak bo‘lsa, Avstraliya bilan bitimni bekor qilish uchun 1,5 million yevro tovon puli ham to‘lagandi. Putin bilan tezda til topishgandik», – deya Advokaatning so‘zlarini keltiradi AD.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026