O‘zbekiston | 18:43 / 18.02.2026
10981
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq davlat xizmatchilarining o‘zi nazorat qilgan xususiy sektorga borishi nazoratga olinadi

Davlat xizmatchilari ishdan bo‘shaganidan keyin muqaddam o‘zi bevosita yoki bilvosita nazorat qilgan tashkilotlarga ishga kirmoqchi bo‘lsa, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Davlat dasturiga ko‘ra, bu tartibni ko‘zda tutuvchi hujjat loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi yangi mexanizmni ishga tushirish reja qilinmoqda.

Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturiga asosan, davlat organida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar 2 yil ichida o‘zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga kirishi nazoratga olinadi.

Bunday holatda sobiq davlat xizmatchisi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olishi kerak bo‘ladi.

Xulosa berishning asoslari, tartibi va muddatlari, xulosaning namunaviy shakli, xulosa natijasi bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar hamda xulosa bo‘yicha shikoyat berish tartibi – tegishli normativ-huquqiy hujjatda ko‘rsatiladi.

Bu hujjat 2026 yil may oyida tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid