Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Mirzaobod tuman MIB bölimida faoliyat yuritgan ikki nafar davlat ijroçisining noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, ular fuqarolik işlari böyiça Guliston tumanlararo sudining 2021 yil dekabridagi ijro hujjatiga asosan qarzdordan undirilişi lozim bölgan 30 mln söm mablağni noqonuniy yöl bilan özlaştirişga uringan.
Xususan, davlat ijroçilari qarzdor fuqarodan ijro işini tugatiş evaziga 20 mln söm talab qilib, uşbu mablağni olgan. Söngra ular undiruvçiga qarzdorning oğir ahvolini vaj qilib, atigi 14 mln söm berib, 30 mln sömni töliq olganligi haqida tilxat yozdirib olgan.
Tezkor tadbir davomida mazkur şaxslar qolgan 6 mln sömni tuman prokuraturasi binosi oldida özaro taqsimlab olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarga şu kabi holatlarga duç kelganda DXXning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qiliş tavsiya etildi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanadi.











