Özbekistonda xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan,2021/2022 öquv yilidan boşlab, quyidagi özgarişlar kuçga kiradi.
Ta'lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy til öqituvçilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qöşimça ustama haqi tölab boriladi.
Bunda, umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim muassasalari öqituvçilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni oliş uçun imtihon topşiriş bilan boğliq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oşiriş uçun ajratiladigan mablağlar, davlat OTMlari öqituvçilarining xarajatlari esa OTMlarning öz mablağlari hisobidan qoplanadi.
Umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar öqituvçilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uçun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli böyiça sinovdan ozod etiladi.
Bunda, mazkur sertifikatni oliş muqobil malaka oşiriş şakli sifatida tan olinadi.
Umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega öqituvçilariga qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etiladi.
Umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barça xorijiy tillar öqituvçilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va öquv qöllanmalarini sotib olişi uçun 1 mln sömdan mablağ ajratiladi








