Qaror bilan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi tuzildi.

Agentlikning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy vakillari lavozimlari joriy etilmoqda.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar böladi:

  • aholi orasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş
    va ularni mukammal özlaştiriş uçun zarur şaroitlar yaratiş, xorijiy tillarni öqitişning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta'limning barça bosqiçlarida joriy etilişini muvofiqlaştiriş hamda öqituvçilarda zamonaviy öqitiş könikmalarini rivojlantiriş;
  • hududlar, tarmoqlar va ta'lim muassasalarining xorijiy tillarni özlaştirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qiliş natijalari asosida talab yuqori bölgan xorijiy tillarni öqitişni taşkillaştiriş;
  • xorijiy tillarni öqitiş sohasida «boğça-maktab-oliy ta'lim taşkiloti-korxona» tamoyilidagi uzluksiz ta'lim zanjirini joriy etiş maqsadida aholining barça qatlamlariga mos bölgan tilni örganiş böyiça uslubiyot va tavsiyalarni işlab çiqişni muvofiqlaştiriş;
  • xorijiy tillarni puxta özlaştiriş, tilning asosiy könikmalarini şakllantiriş uçun videorolik, öyin, köngiloçar körsatuv, filmlar va boşqa örgatuvçi kontent yaratilişini taşkil etiş;
  • davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qiliş uslubiyotlarini yaratiş hamda uşbu yönalişda mutaxassislarning malakasini oşirişda kömaklaşiş;
  • hududlar, tarmoqlar, davlat organlari va ta'lim taşkilotlari kesimida xorijiy tillarni biliş reytingini yuritiş, xorijiy tillarni örganişni yanada ommalaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş.

Agentlik direktori va uning örinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Agentlik xodimlari mehnatga haq tölaş, rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş şaroitlari böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglaştiriladi.