Özbekistonda xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.
Joriy öquv yilidan boşlab, tumanlar (şaharlar)da umumiy örta ta'lim muassasalari negizida xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaştirilgan 207 ta maktab taşkil etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boşlab, xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi natijalarga erişgan maktablarni rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta'sis etiladi.
Bunda, sovrin uçun musobaqalar umumta'lim maktablari örtasida quyidagi uç bosqiçda taşkil etilgan holda:
- 1-bosqiç – tuman va şaharlarda ötkazilib, ğoliblar 100 mln sömgaça;
- 2-bosqiç – Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ötkazilib, ğoliblar 250 mln sömgaça;
- 3-bosqiç – respublika miqyosida ötkazilib, ğoliblar 500 mln sömgaça pul mablağlari bilan mukofotlanadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qarorni tasdiqlaydi:
- xorijiy tillarni öqitişga ixtisoslaştirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy ta'lim muassasalari röyxati hamda uşbu maktablarni jihozlaş dasturi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun maktablar orasida musobaqalarni ötkaziş tartibi.








