Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda direktor xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynab o‘tirgani aniqlangan. U ishdan bo‘shatilgan.
Chortoq tumanidagi 8-umumta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil qilgan. Bu haqda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 dekabr kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda maktab direktori o‘z xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynab o‘tirgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilingan.
Shuningdek, viloyat va tuman mas’ullari ishtirokida maktabda muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, direktor tomonidan sodir etilgan holat tanqid ostiga olingan.
Oldinroq Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olingandi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.10.2025
Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynog‘idan so‘ng vafot etdi
11:58 / 09.10.2025
Monitorlarda qimor o‘yinlarini reklama qilgan kafe javobgarlikka tortiladi
00:02 / 04.09.2025
Toshkentda 180 mlrd so‘mlik kriptovaluta noqonuniy aylanmasini amalga oshirganlar ushlandi
12:38 / 23.06.2025