Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi yirik savdo-ko‘ngilochar markazi – «DePO Mall»ning ochilishi qanday o‘tadi?
13 va 14 noyabr kunlari «DePO Mall» o‘z eshiklarini poytaxt aholisi va mehmonlari uchun rasman ochadi.
Foto: Depo Mall
Bayramona ochilish munosabati bilan tadbirlar 2 kun davom etadi va mehmonlarning yayrab dam olishlari hamda tashrif buyuruvchilarni savdo-ko‘ngilochar markazi bilan batafsil tanishtirishga yo‘naltiriladi. Shu kuni xohlovchilar quvnoq dasturlarda, tanlovlarda, yutuqli o‘yinlarda ishtirok etishlari, ko‘plab yutuq va sovg‘alarga ega bo‘lishlari, eng qizig‘i – savdo-ko‘ngilochar markazini qush parvozi balandligidan havo sharida kuzatishlari mumkin.
Shuningdek, shou-dasturga estrada xonandasi Rayhon, illyuzionist, musiqiy guruhlar va raqs guruhlarining chiqishlari ham kiritilgan. Musiqiy kayfiyatga shaharning mashhur didjyeylari javob berishadi.
«DePO Mall» – bu zamonaviy savdo kompleksining barcha qulayliklarini o‘zida mujassam etgan, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan va yaxshi o‘ylangan logistikaga ega bo‘lgan yangi konseptual savdo-ko‘ngilochar markazi. Markaz Uchtepa tumanida, eski 2-tramvay deposi o‘rnida joylashgan.
Shoping ishqibozlariga bu yerda 150 dan ortiq kiyim-kechak, oyoq kiyim, aksessuarlar, uy jihozlari, zargarlik buyumlari va soatlar, elektronika do‘konlari, shuningdek, bolalar buyumlari do‘konlari tarmog‘i taklif etiladi. Tashrif buyuruvchilar uchun avtomarket, avtoservis va yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyat yuritadigan katta mashina to‘xtab turish joyi mavjud.
Savdo-ko‘ngilochar markazida Makro supermarketlar tarmog‘ining eng yirik filiali ochiladi. Oilaviy dam olish uchun kinoteatr, bolalar uchun ko‘ngilochar xizmatlar markazi – Luna Park mavjud bo‘lib, u yerda ko‘plab labirintlar, batutlar va “gorka”lar bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish hududiga ham alohida e'tibor qaratilgan, bitta umumiy maydonda ikkita yirik franshiza: KFC va Burger King to‘qnashishadi. Fud-kort poytaxtning eng taniqli va mazali brendlarini taklif etish orqali tashrif buyuruvchilar yuragini zabt etadi.
Bu yerga tashrif buyurish uchun asosiy sabablardan biri – tramvay deposi uslubida, mos atributlar orqali tashkil etilgan o‘ziga xos intererdir. Shu kunlargacha saqlanib qolgan Toshkentda yagona bo‘lgan Belgiya vagoni asosiy kirish qismida joylashtirilgan. U tarixiy obektning qayta tug‘ilishining asosiy timsoli bo‘ladi. Shunday qilib, «DePO» nafaqat savdo hududi, balki, madaniy vaqt o‘tkazish joyi bo‘ladi va shu narsa uning klassik savdo markazlari orasida ikki karra jozibadorroq bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bu 42 ming kv.m. dan ortiq maydon bilan ayni paytda Toshkentdagi eng katta savdo-ko‘ngilochar markazi bo‘ladi. U ikki qismdan iborat bo‘ladi: birinchisi – savdo do‘konlari, kinozallar, ko‘ngilochar hududlar, ikkinchisi esa – savdo-ko‘ngilochar markazini tashkil etishning keyingi bosqichiga rejalashtirilgan savdo hududi.
Eslatib o‘tamiz, «DePO Mall» The Tower Mall Management Group'ning loyihalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bundan avval Riviera Mall, Shahar Outlet, Anhor Park, Samarqand Darvoza va Compas kabi savdo va savdo-ko‘ngilochar loyihalarni taqdim etgan.
Bo‘lajak rasmiy ochilish marosimiga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar tayyorlanmoqda. Bayramona ochilish marosimini o‘tkazib yubormaslik uchun ushbu maqola ostidagi havolalar orqali yangiliklar va o‘zgarishlarni kuzatib borishingiz mumkin:
Instagram: @depo_mall
Facebook: fb.com/depo.mall.uz
Telegram: t.me/depomalluz
Reklama huquqi asosida