Iqtisodiyot | 18:04 / 31.10.2024
3756
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 34,8 foizga oshdi – Nurmurodov

Markaziy bank raisining ma’lum qilishicha, dastlabki 9 oylikda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori 11,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu mehnat migratsiyasi geografiyasining diversifikatsiyasi davom etayotganidan darak beradi. Pul o‘tkazmalarining o‘sishi Buyuk Britaniyadan 67 foiz, Janubiy Koreyadan 76 foiz, Polshadan 97 foiz, BAAdan 66 foiz bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga ko‘paygan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

2024 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p iyul (1 mlrd 785 mln dollar) va avgust (1 mlrd 555 mln dollar) oyida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan.

Uch chorak davomida pul o‘tkazmalarining salmoqli qismi quyidagi davlatlardan o‘tkazilgan:

  • Rossiya — 8,8 mlrd dollar;
  • Qozog‘iston — 625 mln dollar;
  • Janubiy Koreya — 420 mln dollar;
  • AQSh — 415 mln dollar;
  • Turkiya — 291 mln dollar;
  • Buyuk Britaniya — 93 mln dollar;
  • Polsha — 48 mln dollar.

«10 oyda O‘zbekistonga 12,5 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bunda o‘sish ko‘rsatkichi Rossiyadan 35 foiz, Buyuk Britaniyadan 67 foiz, Janubiy Koreyadan 76 foiz, Polshadan 97 foiz, BAAdan 66 foiz bo‘ldi», deya ta’kidladi MB raisi.

Mavzuga oid