2026 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 3,79 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Xususan, ötkazmalar miqdori joriy yilning dastlabki 3 oyida quyidagiça bölgan:

  • yanvar: 1,23 mlrd dollar;
  • fevral: 1,23 mlrd dollar;
  • mart: 1,33 mlrd dollar.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari miqdori 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga köp.

Öz navbatida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistondan 604 mln dollar çiqib ketgan bölib, bu ötgan yilning birinçi çoragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.

«Xorijiy valutaga bölgan taklifning ortişi asosan eksport tuşumlari, banklar tomonidan jalb qilingan taşqi qarzlar va xalqaro pul ötkazmalari hissasiga töğri keldi. Ayniqsa, aholi tomonidan valuta sotuvining yuqori sur’atlarda ösişi bozorda qöşimça taklif bölib xizmat qildi», deyiladi Markaziy bank şarhida.

2017-2025 yillar oraliğida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari dinamikasining özgarişi:

2020-2025 yillar oraliğida mamlakatga yuborilgan ötkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi içki mahsulotdagi uluşi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgaça köpaydi.