17:00 / 28.11.2023
10884
Reklama

Infinix O‘zbekistonda vloglar uchun mo‘ljallangan smartfonlarni sotuvga chiqardi

Toshkentda dunyoning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Infinix xalqaro kompaniyasi o‘zining yangi Infinix ZERO 30 smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangi smartfon yuqori aniqlikdagi (108 megapikselli orqa kamera va 50 megapikselli asosiy kamera) kameralardan tashqari diagonali 6,78 dyuym va yangilanish tezligi 120 Gs bo‘lgan egri burchakli 3D AMOLED displeyni o‘z ichiga olgan.

Taqdimotda kompaniya blogerlarni o‘zining yangi Infinix ZERO 30  vlogfoni bilan tanishtirdi. O‘zbekistondagi yetakchi video-bloggerlar smartfonning texnik va smart xususiyatlarini tekshirib ko‘rishdi. Video va suratga olishdi, crash test o‘tkazib telefonning mustahkamligini sinab ko‘rishdi.

Zero 30 modeli 50 megapiksel imkoniyatga ega va videolarni UltraHD formatida (2K/30FPS) yozib oluvchi old kamera bilan jihozlangan. Maxsus sinematik suratga olish rejimlari bilan birgalikda ushbu smartfon keng auditoriyaga professional vloglar yaratish imkonini beradi. 2.2 Ggs chastotali yuqori samaradorlikka ega 8 yadroli MediaTek Helio G99 protsessori ilovalar o‘rtasida muammosiz almashinuv va resurs talab qiladigan dasturlar bilan ishlashni kafolatlaydi.

Yuqori samaradorlik va katta hajmli xotira

Katta hajmdagi videokontentni 2K formatida yozib olish va uni montaj qilish smartfonning kuchli tizimda va cheksiz xotira maydoni bilan ishlashini talab qiladi. 16 Gb gacha kengayishi mumkin bo‘lgan 8 Gb operativ xotira, 256 Gb ROM bilan birlashtirilgan qurilma bu vazifani har qanday vaziyatda oson uddalaydi.

Smartfon 5000 mA/soat quvvatli akkumulyator va 45 Vt quvvatga ega tez quvvatlovchi adaptor bilan jihozlangan bo‘lib, 30 daqiqada 75 foizgacha quvvat oladi.

2K 30 FPS – professional sifatda suratga olish

Infinix ZERO 30’ning 50 megapikselli old kamerasi soniyasiga 30 kadr tezlikda yuqori sifatli 2K video yozishga qodir. Foydalanuvchilar nafaqat yorqin tafsilotlarga ega hayajonli videolarni yaratishlari, balki o‘zlarini haqiqiy kinorejissyor kabi his qilish imkonini beruvchi bir nechta noyob video rejimlaridan foydalanishlari mumkin va fazani aniqlash avtofokusi har bir suratga tushganda aniq hamda sifatli kontentni ta’minlaydi. Ikkita chiroqli funksiya kam yorug‘lik sharoitida ham selfi uchun bir xil tasvir effektini beradi.

ZERO 30 108 megapikselli asosiy kameraga ega, katta 1/1,67 dyuymli sensori va standart smartfon linzalariga qaraganda 10% ko‘proq yorug‘likni oladigan shisha linzalari bilan u qiyin yorug‘lik sharoitida tiniq tasvirlarni olishga qodir. Bundan tashqari, kamera fotosuratlar va videolarni barqaror suratga olish uchun OIS va EIS texnologiyalaridan foydalanadi. Obektiv o‘rnatilgan Pixel Zoom texnologiyasi tufayli sifatni yo‘qotmasdan uch karra kattalashtirish bilan suratga oladi.

Dizayn va ekran: oltin ulug‘vorlik

Infinix ZERO 30’ning zamonaviy ko‘rinishi barchaning nigohini o‘ziga tortadi. 60° burchakli 3D displey atigi 2,8 mm yupqalikdagi nozik ramkalarga ega va uni qo‘lda tutish juda qulay. Ekran ham, korpusning orqa tarafi ham turli shikastlanishlardan Corning® Gorilla® Glass bilan himoyalangan. Smartfon ekranining 93,7%i samarali maydon hisoblanadi.

Qurilma 120 Gs yangilanish tezligiga ega AMOLED ekranga ega bo‘lib, u navigatsiya va operatsion tizim boshqaruvini imkon qadar tekis qiladi va DCI-P3 ranglar to‘plamining 100% qamrovi tufayli kontentning aniq va tabiiy ko‘rinishiga erishiladi. Displey, shuningdek, yuqori kontrast darajalari va 950 nit yorqinligi bilan faxrlanadi. Infinix ZERO 30’ning  Hi-Res va Ds qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklari yuqori sifatli tiniq ovozni ta’minlaydi va musiqiy kompozitsiyalarning barcha nyuanslari hamda tafsilotlarini his qilish imkonini beradi. Ovozning yuqori sifati ovoz sanoatida jahon yetakchisi JBL texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.

Smartfon NFC tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u internetsiz ma’lumotlar almashish uchun ulkan imkoniyatlarni ochadi.

Smartfon o‘yin o‘ynash uchun ham ideal hisoblanadi. Unga o‘rnatilgan VC Liquid Cooling tizimi telefonni qizib ketishdan himoya qiladi, ByPass Charge texnologiyasi esa zaryadlash vaqtida o‘ynayotganda qurilmani qizib ketmasdan quvvat olishini ta’minlaydi. 360 Gs javob tezligi va TÜV Rheinland tomonidan sertifikatlangan ko‘zni himoya qilish rejimi ham Zero 30'ni o‘yinlar uchun qulay smartfonga aylantirgan.

Narxlar va sotuvlar haqida

Infinix ZERO 30 O‘zbekistonda 2023 yilning 27 noyabridan boshlab 16/256 GB konfiguratsiyada 3 130 000 so‘mdan boshlanadigan narxda sotiladi. Smartfon uchta: Oq marvarid, Tillarang quyosh va Yashil tuman ranglarda sotuvga chiqariladi.

Instagram: @infinix_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top