Xitoyda işlab çiqarilgan Infinix smartfonlarining rossiyalik egalari uşbu qurilmalar xorijda bloklanganidan ommaviy ravişda şikoyat qila boşladilar, deb yozdi Mash Telegram-kanali 11 noyabr, duşanba kuni. «Jabrlanuvçilardan birining sözlariga köra, sayohat va xizmat safarlari paytida telefon keraksiz plastmassa bölagiga aylangan — hamma narsa işlaşni töxtatgan, faqat »qurilmangiz bloklangan« degan xabar paydo bölgan», deb tuşuntiradi Mash.
Telefon bloklanganda uning ekranida «mahsulotni ruxsatsiz manbadan faollaştiriş»ga uriniş bildiruvçi xabar paydo böladi. Çeklovni olib taşlaş uçun Rossiya sim-kartasidan 30 daqiqa yoki undan köproq davom etadigan bir neçta qönğiroqlarni amalga oşiriş kerak, deb tuşuntirdi işlab çiqaruvçi.
2023 yil fevral oyida Rossiya, Hindiston, Italiya va Braziliyadan bölgan qurilma egalari boşqa bir Xitoy smartfoni – Oppo OnePlus 11'dan qönğiroqlar bloklangani haqida xabar berişdi. Xitoyda standart proşivka bilan sotib olingan va undan taşqarida faollaştirilgan telefonlarda qönğiroq funksiyasi mavjud bölmagan. Oppöning Rossiyadagi vakolatxonasi muammoga duç kelgan foydalanuvçilarga qurilmani sotib olgan joyga murojaat qilişni tavsiya etdi. Öşa paytda OnePlus brendi Rossiyada taqdim etilmagan.
Rossiyada sotib olingan smartfonlarning deyarli 90 foizi - XXRdan
2024 yil may oyida TASS agentligi «Russkiy standart» banki tadqiqotiga tayanib, 2024 yilning birinçi çoragida Rossiyada xarid qilingan smartfonlarning 88 foizi Xitoy brendlariga tegişli ekanligini ma’lum qilgan edi. Bir yil avval ularning uluşi 67 foizni taşkil etgan bölsa, 2022 yilning birinçi çoragida bu atigi 51 foizga teng edi.
Rossiyaliklar, öz navbatida, Amerika va Yevropadan qurilmalarni faqat 6 foiz hollarda sotib olişgan.








