Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyongchangda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi
Foto: MOQ
Ertaga Janubiy Koreyaning Pyongchanga shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi. Ushbu o‘yinlarda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:00da Pyongchangdagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari ishtirok etishdi.
Tantanali marosimda Pyongchang Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min Umid Ahmadjonovga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Ahmadjonov ham Olimpiya shaharchasi meriga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan sovg‘alar ulashdi.
Eslatib o‘tamiz, XXIII Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Komil To‘xtayev delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018
Pyongchang-2018 Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi (foto)
15:30 / 28.02.2018