26 fevral kuni rossiyalik sportçilar Janubiy Koreyadan qaytişdi. 28 fevral kuni olimpiyaçilar Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişi kutilmoqda.
Rossiya Olimpiyaçilarni qöllab-quvvatlaş fondi an'anaviy tarzda Olimpiada sovrindorlarini muntazam ravişda taqdirlab keladi. Bu safar ham sportçilar uçun X4, X5 va X6 rusumli BMW avtomobillari tayyorlab qöyilgan.
Ayni vaqtda Kreml qarşisidagi Qizil maydonga 140ta BMW keltirilgan. Avtomobillarga sportçilarning ismi şarifi tuşirilgan.
2016 yil yozida ötkazilgan Rio Olimpiadasidan keyin oltin medal egalariga BMW X6, kumuş medal sohiblariga — BMW X5, bronza uçun — BMW X3 berilgandi. Soçidagi Olimpiada-2014 sovrindorlari Mercedes GL, ML va GLK modellari bilan taqdirlangandi.
Pyongçangda bölib ötgan qişki olimpiada öyinlarida Rossiyadan 169 nafar atlet iştirok etdi. Jamoa turnirda jami 17 medal - 2 oltin (figurali uçiş va hokkey), 6 kumuş va 9 bronza olib, umumjamoa hisobida 13-örinni egalladi.
Avtomobillardan taşqari, Rossiya hukumati sovrindorlarni ham pul mukofotlari bilan taqdirlaydi. Oltin medal uçun 4 million rubl, kumuş uçun 2,5 million rubl, bronza uçun esa 1,7 million rubl beriş közda tutilgan.














