Senatning öttiz töqqizinçi yalpi majlisi davom etmoqda. Senatorlar “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni körib çiqişdi.
Mazkur qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zöravonlik holatlariga nisbatan qat’iy jazo çoralarini belgilaş bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olişga qaratilgan.
Qonun bilan “oilaviy (maişiy) zöravonlik” ya’ni xotiniga yoki eriga, sobiq xotiniga yoxud sobiq eriga, bir rözğor asosida birgalikda yaşayotgan şaxsga yoki umumiy farzandga ega bölgan şaxsga nisbatan sodir etilgan zörovonlik uçun tegişinça ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik çoralari belgilanyapti. Şuningdek, endilikda jinsiy zöravonlik, şu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş yoki jazoni yengilroği bilan almaştiriş tariqasidagi insonparvarlik aktlari tatbiq etilmasligi belgilanib, bunday jinoyatlar uçun jazo çoralari yanada oğirlaştirilmoqda.
Bundan taşqari, xotin-qizlarga nisbatan şahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik hamda ota-ona öz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlaş borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uçun javobgarlik belgilanyapti.
“Bolalar va ayollarga nisbatan zöravonlik masalasining bugun qançalik dolzarb ekanligini ortiqça izohlaş, asoslaşga hojat yöq. Olib borilgan keng kölamli tahlilning ayrim ma’lumotlariga e’tiboringizni qaratmoqçiman. 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan bölib, ularning qariyb 61 mingdan köpi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.
Biroq, afsuski, şu kungaça Özbekistonda oiladagi zöravonlik böyiça javobgarlikka tortuvçi alohida norma bölmagan. Yoki xotin-qizlar va bolalarga nisbatan yon-atrofimizda röy berayotgan mudhiş va jirkanç jinoyatlarni olaylik. 2020 yilda 156 ta, 2021 yil 243 ta nomusga tegiş jinoyati sodir qilingan. Yangihayot tumanida 12 yoşli qizning zörlanişi va öldirilişi, Xorazmdagi bolalar uyi, Sergeli tumanida ona 3 nafar farzandi bilan birga yuqori qavatdan sakraşi...
Xulosa şuki, jamiyatimizda ayollar va bolalar huquqlarini işonçli himoya qilişga qodir bölgan hamda voyaga yetmagan farzandlarimizga nisbatan zöravonlik holatlariga qarşi turadigan yanada mustahkam va qat’iy qonunlarga ehtiyoj bor

















