Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida 8-sinf öquvçisi bölgan qiz bir guruh şaxslar tomonidan öğirlab ketilgan va zörlangan. Bu haqda “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi xabar bermoqda.

Qizning yaqinlariga köra, u 2024 yil 23 sentabr kuni öğirlab ketilgan. Oradan ma’lum vaqt ötgaç, qarindoşlari qiz yöqolgani haqida ariza yozişgan. Jabrlanuvçi oradan 13 kun ötib, 6 oktyabr kuni badanida zöravonlik izlari bilan topilgan.

Qizning aytişiça, uni bir neça kun kaltaklab, spirtli içimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilişga majburlab, irodasiga qarşi uşlab turişgan va zörlaşgan. Yaqinlari uni şifokorga olib borişgan.

Bolalar ombudsmani bu işni öz vakolati doirasida kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Voqea böyiça “jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş” moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sud-tibbiy va biologik ekspertizalari tayinlangan.

Ayni paytda, qizning yaqinlari “Sukut saqlama” loyihasi bilan suhbatda jinoyat işi qözğatiş ortga surib kelingani, iş bor-yöği bir-ikki kun avval oçilgani, zörlaganlar orasida prokuraturada işlovçi şaxs ham bölişi mumkinligi, lekin u eski sana bilan işdan böşatilganini aytişgan. Ularning fikriça, işning keç oçilgani va gumonlanuvçilar hali ham ozodlikda yurganiga sabab şu (sobiq) prokuratura xodimi bölişi mumkin.

“Sukut saqlama” loyihasi tegişli idoralar bu işga “qançalik bepisandlik bilan” yondaşganidan xavotir bildirgan, bu xavotirga jabrlanuvçining yaqinlari bildirgan quyidagi da’volarni asos sifatida keltirgan:

  • 7 oktyabr kuni (qiz topilganning ertasiga) tergovçi uni gumonlanuvçilar bilan bitta maşinada, lekin ota-onasisiz körikdan ötkaziş uçun olib ketgan. Qiz esa ekspert erkak bölgani uçun ekspertizadan boş tortgan. Şuning uçun ekspertiza 10 oktyabr kuni (yana qarindoşlarsiz) ötkazilgan. Ammo qonida alkogol yoki zararli moddalar bor-yöqligini tekşiriş uçun undan qon olinmagan.
  • Qizning qarindoşlari prokuraturaga borişganida, taşqarida ularni psixiatrik brigada kutib turgan, ularni uçastka noziri çaqirgan bölgan. Vaholanki, qizga psixiatrik emas, psixologik yordam kerak bölgan.
  • Jabrlanuvçi qiz bilan maktab psixologi ham işlaşi mumkin edi, lekin maktabda unga bunday yordam taqdim etilmagan. Lekin qiz maktabga bormagani uçun uning ota-onasi jarimaga tortilgan. Köp bolali oilaga (5 nafar farzandi bor) 1,2 mln söm miqdorda jarima solingan. Ayni damda qiz maktabga borişdan qörqib turibdi, negaki bölgan voqeadan hamma xabardor.