Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga har oyda 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etiladi
Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2023 yil birinchi choragi yakunlarini yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitildi.
Foto: Kun.uz
Professional ta’lim sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish maqsadida prezidentning “Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoyi, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi.
Yig‘ilishda deputatlar aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi.
Muhokamalardan so‘ng, deputatlar Vazirlar Mahkamasi hisobotini ma’qulladi.
Mavzuga oid
14:37 / 16.02.2026
B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz: kasbiy ta’lim pedagoglariga oylik ustama taklif qilindi
10:03 / 12.02.2026
Ayrim texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama belgilandi
14:00 / 02.02.2026
“Sport targ‘ibotchisi”ga ustama: 20 foiz qo‘shimcha to‘lov belgilandi
14:24 / 08.01.2026