Loyihaga köra, kasbiy ta’lim taşkilotlari pedagoglari xorijiy guruhlarda (rus guruhlar bundan mustasno) xorijiy tilda umumkasbiy va maxsus fanlarni öqitgan taqdirda, ularning lavozim maoşiga nisbatan qöşimça ustama tölanişi mumkin.

Xususan, B2 darajadagi sertifikat uçun — 50 foiz, C1 darajadagi sertifikat uçun esa — 100 foiz miqdorida har oylik ustama belgilaş nazarda tutilgan.

Şu bilan birga, loyihada hujjatdagi “professional” atamasini “kasbiy” sözi bilan almaştiriş, ta’lim bosqiçlari nomlanişini yangilaş hamda sertifikatlar röyxatini kengaytiriş kabi özgartirişlar ham taklif etilgan.

Jumladan, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari öqituvçilari uçun bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholovçi milliy sertifikatlarni röyxatga kiritiş rejalaştirilgan. Uşbu sertifikatlar uçun eng kam daraja B+ etib belgilanişi nazarda tutilmoqda.

Mazkur özgartirişlar umumiy örta ta’lim maktablari hamda kasbiy ta’lim tizimida malaka va rağbatlantiriş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.