Jahon | 23:43 / 21.05.2019
3854
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yil Qozog‘istonda Ko‘ngillilar yili deb e'lon qilinadi 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya-Qozog‘iston yoshlarining Qo‘stanaydagi forumida ikki davlat ko‘ngillilari (volontyorlari) bilan uchrashdi va 2020 yilni Qozog‘istonda Ko‘ngillilar yili deb e'lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.     

Toqayevning ta'kidlashicha, ko‘ngillilar faoliyati eng yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanadi.

“Men aminmanki, nopok qalbli va yomon fikrli odamlar ko‘ngillilar bo‘la olmaydi. Ko‘ngillilik bu haqiqiy vatanparvarlik timsoli, chunki sizni vatanga xizmat qilish ezgu g‘oyasi, uni butun xalq uchun yanada yaxshiroq va bekamu-ko‘st qilish istagi yetaklaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Toqayev.  

Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi arafasida xalqaro ko‘ngillilar korpusini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiya-Qozog‘iston yoshlari hamkorlik forumi 20-21 may kunlari bo‘lib o‘tdi. Mingdan ko‘proq faollar va jamoat tashkilotlari rahbarlarini to‘plagan ushbu tadbirning asosiy mavzusi ko‘ngillilik va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lgan.

Mavzuga oid