Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
Telegram rasman Astana Hub a’zosiga aylandi, Qozog‘istonda o‘z ofisini ochdi va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi.
Oqo‘rda xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prezident messenjerning mamlakat raqamli kun tartibini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yuqori baholadi.
Qayd qilinishicha, kompaniya rasman Astana Hub a’zosiga aylandi, Qozog‘istonda o‘z ofisini ochdi va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirdi.
Ta’kidlanishicha, Pavel Durov Qozog‘iston rahbariga sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Mavzuga oid
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:36 / 12.05.2026