Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiyadan IIVga o‘tkazildi
Prezident qarori bilan, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi. Yangi tuzilma obektlarni zamonaviy usullarda qo‘riqlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda 2026 yildan boshlab banklar va yirik obektlarga yuzni tanish tizimlarini o‘rnatish orqali xavfsizlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.
“Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, Qo‘riqlash departamenti va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obektlar, ta’lim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;
qo‘riqlanayotgan obektlarda ichki tartib va nazorat o‘tkazish rejimlarini ta’minlash;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.
Qarorda qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa qator obektlarda fuqarolar kirish va chiqish joylariga shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Ushbu chora-tadbirlar qo‘riqlash xizmatlari samaradorligi va obektlar xavfsizligini oshirish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida nazoratni kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
14:51 / 17.03.2026