Içki işlar organlari ma’lumotiga köra, çegara hududlarida yaşovçi ayrim şaxslar, jumladan pensionerlar, afğon yetkazib beruvçilar bilan til biriktirib, opiy moddasini Özbekiston hududiga olib kiriş va uni Termiz şahri hamda atrof hududlarda tarqatiş bilan şuğullangan.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolaridan biri — keksa yoşdagi kurer qölga olingan va uning yonidan narkotik modda aniqlangan. Keyinçalik uning şeriklari ham foş etilib, ulardan biriga tegişli pul mablağlari, yana biriga tegişli 5 gramm narkotik modda daliliy aşyo sifatida musodara qilingan.

Tergov harakatlari davomida guruh taşkilotçisiga tegişli xonadonda yirik miqdordagi narkotik zaxirasi aniqlangan. U yerdan umumiy oğirligi 12 kilogrammdan ortiq bölgan 12 ta öram opiy va uni iste’mol qilişga möljallangan vositalar topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, barça gumonlanuvçilar qölga olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.