Keça, 27 aprel kuni KUN.UZ saytida “3 opa-singil ölimi bilan boğliq qöşimça tafsilotlar berildi” sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda bir kunda nobud bölgan uç nafar opa-singil voqeasi tafsilotlari yoritilgan va voqealar rivoji kuzatib borilişi aytilgan edi. Ma'lumot örnida keltiriş kerakki, ayni damda jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudida 3 opa-singil ölimida aybdor şaxslarga nisbatan sud harakatlari bilan boğliq tafsilotlar körib çiqilmoqda va örganilmoqda.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2017 yil 16 noyabrdagi 1996, 1998 va 1999-sonli xulosalariga köra, voyaga yetmagan Qosimova Mohira, Muxlisa va Munisalarning ölimi “Enalapril”dan ötkir zaharlaniş natijasida yuz bergan, deb aytilgan.

Biroq qizlar ölimining haqiqiy sabablari töliq örganilmagan, bolalarning “Enalapril”dan zaharlanganliklari haqidagi ekspertlarning xulosasi bir-biriga zid. Ya'ni, qizlar “Enalapril”ni oilaviy poliklinikaga borgunça – 2017 yil 8 noyabr kuni, soat 10.00gaça qabul qilganligi haqidagi xulosa “Enalapril”ning eng yuqori konsentratsiyasiga yetib borişi - qöllanilgandan 1 soatdan keyin, faol zaharlaniş holatiga yetişi – 3-4 soatdan keyin yuz berişidan kelib çiqqan holda aytiş mumkinki, qizlarning “Enalapril”ni qabul qilgan vaqti va ularning ölimi yuz bergan vaqt orasidagi katta tafovut kelib çiqmoqda. Şu sababli ölim sababi töğrisidagi ekspert xulosasining töğriligiga şubha tuğilmoqda.

KUN.UZ muxbirining xabar qilişiça, Sud majlisida vafot etgan qizlarning ota-onasi Z.Möminov va D.Möminova hamda boşqa guvohlar qizlarga yuqumli kasalliklar klinikasida uzoq vaqt davomida heç qanday tibbiy yordam körsatilmaganligini bayon qilişgan. Uşbu holatga aniqlik kiritilganda, tez yordam avtomaşinasining çaqiruv varaqasida yozilişiça, tibbiy yordam avtomaşinasi qizlarni EMYuKITIga (Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar klinikasi) soat 22:30da olib borgan, biroq EMYuKITI şifokori A.Mustafokulova tomonidan töldirilgan 2010 yilda tuğilgan Munisa Qosimova va 2011 yilda tuğilgan Muxlisa Qosimovalarning 6794, 6795/2336-sonli kasallik tarixlari soat 22:55da oçilgan. Şu bilan birga qizlar ölimi va kelgan vaqtlari orasi ham 3-5 soatni taşkil qiladi. Şifokorlar bu vaqt orasida qayerga qaraşgan? Nega özlarining bilimlari yetişmasa mutaxassislarga zudlik bilan xabar qilişmagan? Bir oiladan uç farzandning ölimi bu haqiqiy fojia emasmi?!