KUN.UZ sayti orqali Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi bir oilaning uç qizi birin-ketin halok bölganligi haqida qisqa xabar berilgan edi.

Marhuma qizlarning ota-onasi KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilib tayinlangan ekspertizalar töliq, qonunan ötkazilişi va sud adolat örnatib, işning xolis körilişi jarayonlarini töliq yoritib berişimizni iltimos qilişdi.

KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, jabrlanuvçilarning qizlari — 2010 yilda tuğilgan Munisa Qosimova, 2011 yilda tuğilgan Muxlisa Qosimova va 2013 yilda tuğilgan Mohira Qosimova 7 noyabr kuni ota-onasi bilan birga ovqatlangandan söng, 8 noyabr kuni tungi soat 03:30 lar atrofida köngillari aynib, qayt qilişni boşlaşgan.

Köngil aynişi va qayt qiliş ertalabgi soat 10 larga qadar davom etgan. Qizlar soat 10 lar atrofida 21-sonli oilaviy poliklinikaga olib kelingan. Sudlanuvçi şifokor Gulçehra Adilova bemorlarni belgilangan tartibda — mutaxassislarni jalb qilmay, töliq tekşirmay, mas'uliyatsizlarça «oşqozon-içak trakti funksiyasi buzilişi», degan oddiy taxmin bilan ularga «Smekta», «Tserukal», «Imudon» va «Kreon» dori mahsulotlarini iste'mol qilişlarini va uy şaroitida davolanişlarini tavsiya qilib, qizlarni qaytarib yuborgan.

Biroq buning oqibatida voyaga yetmagan qizlarning qon tomirlariga «Enalapril» gipotenziv moddasining intensiv söriliş jarayoni davom etib, uşbu modda töplanişi (konsentratsiya) maksimal darajaga yetganligi va natijada ularning soğliği keskin yomonlaşib, tana harorati pasayişi, qöl-oyoqlarning uvişişi, teri ranglarining oqarişi, lab sohalarining kökarişi, qayt qiliş darajasi kuçayişi, qon aralaş qayt qiliş holati vujudga kelganligi, miya faoliyatida özgarişlar paydo bölgaç, bemor qizlar ota-onasi tomonidan 2017 yil 8 noyabr kuni keç soat 21:50larda  öta oğir holatda Respublika Ilmiy amaliy pediatriya ilmiy tekşiriş markaziga olib kelingan.

U yerda ikkinçi sudlanuvçi şifokor Nodir Tölaganov Mohirani markazning jonlantiriş bölimiga jönatgan. Lekin Mohira jonlantiriş bölimida vafot etgan. Munisa va Muxlisalarning hayoti ham xavf ostida bölişiga, yuragi tez urişi va ularning harorati yuqori bölişiga qaramay, ularning muşaklari orasiga «Deksametazon-4» preparatidan 1,0 ml miqdorda inʼeksiya yuboriş bilan çegaralangan.

Şuningdek, sudlanuvçi şifokor Tölaganov öz kasbiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bölişi tufayli qizlarning gemodinamik körsatkiçlarini ölçamasdan, ahvolini töğri baholamasdan va infeksionist, toksikolog, reanimatolog hamda boşqa tor mutaxassislarni çaqirib, ular yordamida qizlarni obektiv körikdan va tibbiy diagnostikani ötkaziş, şu yöl bilan töğri taşxis qöyiş çoralarini körmagan.